Jazoirda qulagan Il-76 harbiy-transport samolyotining halokati yeridan 260 kishining jasadlari topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq qurbonlar soni 257 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi. Endilikda 260 kishi fojia qurboni bo‘lgani aytilmoqda.Shuningdek, yo‘lovchilar qatorida bo‘lmagan bir kishi og‘ir yarador ahvolda topildi. U qulash zonasida bo‘lgan mahalliy fuqaro ekani taxmin qilinmoqda.
Voqea joyida 14 o‘t o‘chirish brigadasi, 30 ga yaqin tez yordam mashinasi hamda 300 ga yaqin qutqaruvchi ishlamoqda.
Izoh (0)