“Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
- mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
- mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra, litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
- mahalliy yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish;
- xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish;
- mahalliy yo‘nalishda yuklar tashish;
- xalqaro yo‘nalishda yuklar tashish.
Litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra litsenziya besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin.
Izoh (0)