Bugun, 10-aprel — ulug‘ o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tug‘ilgan kun.
Abdulla Qodiriy 1894-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Qodirbobo xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan, tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan.
Abdulla Qodiriy musulmon maktabida, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida oʻqidi.
“Sadoi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning matbuotdagi dastlabki chiqishi edi.
Oradan koʻp oʻtmay, uning “Toʻy”, “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi sheʼrlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chop etiladi.
Uning eng mashhur asarlari “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari, “Obid ketmon” qissasi va boshqalardir.
Abdulla Qodiriy, shuningdek, tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning “Fizika”, Gogolning “Uylanish”, Anton Chexovning “Olchazor” asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. Qozonda bosilgan “Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat”ni tuzishda ishtirok etdi.
Qatag‘on yillari u yolg‘on ayblovlar bilan sudlanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va 1938-yili otib tashlangan.
Ma’lumotlar Wikipedia’dan olindi.
Izoh (0)