AQSh Kongressi Vakillik palatasining energetika va savdo bo‘yicha qo‘mitasi 9-aprel kuni Facebook asoschisi Mark Sukerbergning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma’lumotlarining chiqib ketishi yuzasidan ko‘rsatmasini chop etdi, deb yozadi Meduza.
Sukerbergning ko‘rsatmalarida nafaqat Cambridge Analytica mojarosi, balki Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashganligi taxmin qilinayotgan voqea ham batafsil bayon qilingan. Shuningdek, ularda mazkur vaziyatning takrorlanmasligi uchun ijtimoiy tarmoq qanday choralar ko‘rganligi ham ma’lum qilingan.
“O‘z javobgarligimizni yetarlicha yaxshi tushunmaganmiz va bu katta xato bo‘lgan. Bu mening xatoyim bo‘lgan, uzr so‘rayman. Facebook’ga men asos soldim, ijtimoiy tarmoqni men boshqaraman va unda yuz berayotgan barcha narsalar uchun men javobgarman”, — deydi Sukerberg o‘z ko‘rsatmasida.
Izoh (0)