Kolumbiyaning Kartaxena shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh odamlar yuqori voltli liniyada tok urgan olmaxonning yuragini massaj qilib, hayotga qaytardi. Voqea aks etgan video YouTube’ga joylandi.
Kadrlardan ma’lum bo‘lishicha, kemiruvchining yuragi to‘xtab qolgan. Kimdir uni moped o‘rindig‘iga yotqizib, yuragini massaj qilgan. Sekin-astalik bilan olmaxon nafas ola boshlagan.
O‘ziga kelgach, jonivor mopeddan tushib, qochib ketgan.
Izoh (0)