Bir necha yildan buyon qurilishi goh to‘xtab, goh avj olib davom etayotgan “Otchopar” majmuasining yangi qiyofasini aks ettiruvchi eskizlar paydo bo‘ldi.
Majmuaga kirish yo‘lagidan tortib uning oxirigacha ilib chiqilgan suratlardan bilish mumkinki, endilikda, ushbu joy nafaqat ko‘pkari musobaqalari o‘tkaziladigan oddiy maydon, balki butun boshli haqiqiy zamonaviy majmuaga aylanishi kutilmoqda.
Eskizlarga qarab zamonaviy uslubdagi ot fermasi tashkil etilishini taxmin qilish mushkul emas. Bundan tashqari, ushbu ot fermasida, ko‘rinishidan, tashrif buyuruvchilar oila a’zolari bilan birgalikda kelib hordiq chiqarish, otlarga minib sayr qilish va turli musobaqalarni kuzatishi mumkin bo‘ladi.
Bir qarashda ham xiyobon, ham hayvonot bog‘ini yodga soluvchi ulkan majmua bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumotlar berilmagan. Tez orada nashrimiz bunga aniqlik kiritadi.
Izoh (0)