Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeyerxoferga ko‘ra, Myunster shahrida odamlar ustida yuk mashinasi haydagan erkakning xatti-harakatlarida terakt elementlari aniqlanmagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, haydovchi yolg‘iz harakat qilgan, jinoyat jamoa bo‘lib yoki biror reja asosida sodir etilmagan.
“Ayni paytda gap yolg‘iz jinoyatchi haqida ketayotgani borasida ishonchli dalillar bor, u terrorchilik tashkilotlari bilan aloqada bo‘lmagan”, — ta’kidladi vazir.
Eslatib o‘tamiz, voqea oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan edi. Jinoyatni 48 yoshli nemis sodir etgani ma’lum.
Izoh (0)