Ayni damda Shahrisabz ko‘chasi va Amir Temur xiyoboni tomonga eltuvchi yo‘l (6-tug‘ruqxona yonidagi chorrahaga) Maxtumquli va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari kesishgan kichik chorrahadan boshlab bir tomonlama bekitilgan. U yerda bir necha kun oldin boshlangan obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Maxtumquli byusti joy olgan xiyobon-yo‘lakda bir necha kun avval yangi manzarali daraxt ko‘chatlari keltirilib o‘tqizilgan bo‘lsa, bugun ko‘chaning o‘rta qismidagi o‘t-o‘lanlar olib tashlanib xiyobonning davomi sifatida yo’lakcha hosil qilindi. Bundan tashqari, parallel ravishda ikki tomondagi tashkilotlarning ko‘chaga qaragan yuzasida daraxt ko‘chatlari ekilib, lotoklarni kengaytirish va keraksiz qismlarini demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.
Aytib o‘tish kerakki, huddi shu ko‘chada joy olgan Respublika bastakorlar uyushmasining binosida ham o‘tgan yilning kuz oyida ta’mirlash ishlari boshlanib, hozirgi vaqtda binoga butunlay o‘zgacha qiyofa berish harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)