Germaniya politsiyasi Berlinda pichoqlar bilan odamlarga hujum uyushtirishni rejalashtirgan to‘rt erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ular shaharda o‘tadigan yarim marafon tomoshabinlariga pichoqlar bilan tashlanishni rejalashtirgan.
“Biz vaziyatni baholamoqdamiz. Aftidan, ular buni oxirgi lahzada sodir etmoqchi bo‘lgan”, — dedi politsiya xodimlaridan biri.
Ish bo‘yicha asosiy gumondor 2016-yili Berlinda Rojdestvo bozorida odamlar ustiga mashina haydagan terrorchi Anis Amriyning tanishlari doirasiga kirgan.
Izoh (0)