Facebook tarmoq asoschisi Mark Sukerberg tomonidan foydalanuvchilarga jo‘natilgan eski xabarlarni o‘chira boshladi. Bir necha kishi o‘z chatlarida bir vaqtlar Mark Sukerbergdan olingan xabarlarni topa olmayotganini ma’lum qilgan. Xabar olinganligi haqidagi ogohlantirishlar esa elektron pochtada saqlanib qolgan, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Meduza

Facebook matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, 2014-yildan boshlab kompaniya yuqori rahbariyati bilan aloqa siyosati o‘zgartirilgan. Bu Sony Pictures rahbariyati bilan yozishmalarning ommaga e’lon qilingani bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, Sukerbergdan kelgan xabarlarning saqlanish muddati ham cheklangan. Bu kompaniyaning boshqa top-menejerlariga ham taalluqli.