Yaponiyaning yangi aloqa sun’iy yo‘ldoshi “Kirameki-1” 6-aprel, juma kuni Kuru kosmodromidan (Fransuz Gvianasi) muvaffaqiyatli uchirildi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Sun’iy yo‘ldosh orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqilganligi ta’kidlanmoqda.
“Kirameki-1” Yaponiyaning KXDR va Xitoyni tiyib turish imkoniyatlarini oshirib, Tinch okeani hududidagi harbiy aloqani ta’minlaydi. “Kirameki-1” va 2017-yilning yanvarida uchirilgan “Kirameki-2” sun’iy yo‘ldoshlarining umumiy qiymati taxminan 130 milliard iyenga (1,1 milliard dollar atrofida) baholanmoqda.
Ushbu seriyadagi uchinchi sun’iy yo‘ldosh “Kirameki-3”ni 2021-yilning bahorida uchirish rejalashtirilmoqda. U Yaponiyaning o‘zida harbiy aloqaga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)