Toshkent viloyatida 49 ta yirik savdo ko‘ngilochar kompleksi, 17 ta yirik savdo majmuasi va 45 ta bozor faoliyat yuritmoqda. Ularda yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan muntazam profilaktik tadbirlar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunlarda odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlarda yong‘in o‘chirish taktik o‘quv mashg‘ulotlari reja asosida o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 2-aprel kuni Chirchiq shahar “Oqqovoq” qo‘rg‘oni V.Qodiriy ko‘chasida joylashgan Makro savdo kompleksida viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari rahbarligida Chirchiq shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi, “Maksam-Chirchiq” AJ yong‘indan muhofaza qilish, “O‘zkimyomash”AJning yong‘indan muhofaza qilish bo‘linmalari va hamkorlikdagi xizmatlar (Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Shahar gaz ta’minoti bo‘limi, elektr ta’minoti bo‘limi, tibbiy yordam bo‘limi, suv oqova bo‘limi, shahar IIB tezkor-tergov guruhi, IIB qo‘riqlash bo‘limi, IIB yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va Qizil yarim oy jamiyati a’zolari) ishtirokida o‘quv taktik mashqi o‘tkazildi.
Yong‘inni o‘chirish amaliy taktik mashg‘ulotida asosiy e’tibor sodir bo‘lishi mumkun bo‘lgan yong‘inlarning ko‘ngilsiz holatlarini o‘z vaqtida, tezda bartaraf etish, maskandagi ishchi xodimlar va fuqarolarni evakuatsiya qilish, hududdagi yong‘inga qarshi suv ta’minotini o‘rganish, shaxsiy tarkibning jangovor tayyorgarligi va kasb mahoratini oshirishga qaratildi.
3-aprel kuni Angren shahar O‘zbekiston mustaqilligi ko‘chasida joylashgan savdo kompleksida yong‘inni o‘chirish amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
4-aprel kuni Olmaliq shahar Primqulov ko‘chasida joylashgan “Yulduz” to‘yxonasida, 5-aprel kuni esa Chirchiq shahar Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan “Sultonbekni maqsadi” xususiy korxonasida viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari rahbarligida o‘quv taktik mashqlari o‘tkazildi.
Izoh (0)