Yer sayyorasining koinotdan burchak ostida olingan ajoyib suratlari (fotogalereya)
Planet Labs Yer sayyorasining sun’iy yo‘ldoshdan odatdagidek vertikal rakursdan emas, balki burchak ostida olingan suratlarini taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan an’anaviy tasvirlar “yassi” bo‘lib, ularda obyektlarga tepadan qaraymiz. Kamera vertikal tarzda pastga qaratiladi, shunda tasvir surat emas, balki xarita kabi ko‘rinadi. Ammo Planet Labs taqdim etgan suratlar sayyoraga o‘zgacha nigoh tashlash imkonini beradi.