3-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining ¼ final uchrashuvlaridan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Andalusiyaning “Sevilya” jamoasi o‘z maydonida Myunxen “Bavariya”sini qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan 31-daqiqada ochildi. Gol muallifi Pablo Sarabiya. Myunxenliklar oradan hech qancha vaqt o‘tmay, 37-daqiqada Xesus Navas o‘z darvozasini ishg‘ol qilganligi sabab hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin taqdirini hal etgan gol uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Tiago Alkantara tomonidan kiritildi. Shu tariqa Yupp Xaynkes shogirdlari safardan irodali g‘alaba bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.Yevropa Chempionlar Ligasi
Chorak final bahslari
3-aprel, seshanba