Iroqning Salohiddin viloyatida IShID jangarilari tomonidan qatl etilgan 158 askarning qoldiqlari topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi rahbari Zoid Abbosga ko‘ra, Salohiddin viloyati markazi Tikrit shahridan ikkita umumiy qabrdan topilgan. Ulardan biri ochilganida u yerda 158 askarning qoldiqlari topilgan.
Marhumlar Shpixer harbiy bazasidagi qirg‘in qurbonlari hisoblanmoqda.
Ayni paytda vazirlik ishchi guruhi jasadlarning shaxsini aniqlash ishlarini olib bormoqda, shuningdek, ikkinchi umumiy qabrni ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)