AQShda mashhur ssenarist va prodyuser Stiven Bochko 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bochko 1-aprel kuni uyqusida ekanligida, o‘z oilasi qurshovida vafot etdi. Nashrning ma’lum qilishicha, u uzoq vaqt oqqon kasalligiga qarshi kurashgan va kasallik uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Stiven Bochko Blyuz Xill strit, Los-Anjeles qonuni, Nyu-York politsiyasi loyihalari tufayli mashhurlikka erishgan edi.
O‘zining davomli karyerasi mobaynida kinematografist o‘nta Emmi mukofoti sohibiga aylangan.
Izoh (0)