Xitoyning “Tyangun-1” kosmik stansiyasi orbitadan tushib kelmoqda. U 2-aprel kuni Yer atmosferasiga kiradi, deb xabar beradi “TASS”.
Xitoyning boshqariluvchi kosmik parvozlar dasturi bayonotiga ko‘ra, stansiyaning orbitadagi holati 167,6 kilometr balandlikni tashkil etmoqda.
Yevropa kosmik agentligi hisob-kitoblariga qaraganda, “Tyangun-1” 150 kilometr balandlikda vayron bo‘la boshlaydi. Uning katta qismi yuqori harorat ta’sirida yonib ketadi, ayrim unsurlar bosimga dosh berib, Yerga tushishi ham mumkin.
8,5 tonna vaznga va 12 metr uzunlikdagi stansiya 2011-yil sentabrida orbitaga chiqarilgan edi. Keying ikki yilda “Shenchjou” seriyasi kemalari ikki marta stansiya bilan birikdi. Undan so‘ng kosmik laboratoriya parvozi boshqaruvsiz amalga oshirildi.
Izoh (0)