“Vedomosti” Nyu-York avtosalonining yangiliklarini taqdim etdi.
Cadillac avval General Motors brendi lineykasida bo‘lmagan XT4 ixcham krossoverini bozorga chiqarmoqda.
Nissan Altima sedani oltinchi avlodining salon o‘lchamlari kattalashtirilgan, modelga VC Turbo motori o‘rnatiladi.
Toyota RAV4 ixcham krossoverining beshinchi avlodi Yevropada 2019-yilda paydo bo‘ladi.
Uch qator o‘rindiqli (6—7-o‘rin) Lincoln Aviator krossoveri 2019-yilda sotuvga chiqadi.
Volkswagen Atlas krossoverining besh o‘rinli kichraytirilgan versiyasi konsepti — Cross Sport Сoncept.
Jaguar va Waymo AQShda haydovchisiz taksi servisini tashkil etish uchun 20 mingta Jaguar I-Pace elektromobilini haydovchisiz boshqariladigan texnologiya bilan jihozlaydi.
Xorvatiya kompaniyasining dunyodagi eng tez elektromobili yangi versiyasi Rimac-C-Two ikki soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erishishdan tashqari, quvvat olmasdan 650 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.
Bugatti superkarining yanada kuchli versiyasi — Chiron Sport — 1 500 ot kuchiga ega, qiymati 3,26 million dollardan boshlanadi.
Jaguar F-Pace SVR — Britaniya krossoverining eng tez va kuchli versiyasi. 550 ot kuchi, 4,3 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi, maksimal tezligi — soatiga 283 kilometr.
RS 5 Sportback — dvigateli V6 BiTurbo 2,9 l. Maksimal tezligi soatiga 280 kilometr.
Acura RDX ixcham krossoveri uchinchi avlodi seriya versiyasi.
Cadillac ilk bor CT6 katta sedanining sport versiyasi — V-Sport’ni chiqarmoqda.
Genesis G70 ixcham sedani Shimoliy Amerika bozoriga chiqarilmoqda.
Izoh (0)