KXDR yetakchisi Kim Chen In Pekinga tashrifi davomida Xitoy Fanlar akademiyasi ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi va u yerdagi tashriflar kitobida XXR qudrati va uning rahbariyati donishmandligi ta’kidlangan qayd qoldirdi. Bu haqda 28-mart kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
“Kim Chen In 27-mart kuni Xitoy Fanlar akademiyasi erishgan novatorlik yutuqlarini namoyish etuvchi ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi”, — deb yozadi agentlik.
“Buyuk qo‘shnimiz — Xitoy qudratini anglay olamiz. Xitoy Kommunistik partiyasining oqilona boshqaruvi ostida ilm-fanda yanada buyukroq muvaffaqiyatlarga erishiladi. Kim Chen In, 27-mart 2018-yil”, — deb yozdi KXDR yetakchisi.
Kim Chen Inning Pekinga tashrifi 25-martdan 28-martga qadar davom etdi. Tashrif davomida KXDR yetakchisining Xitoy raisi Si Szinpin bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)