Xitoy rasmiylari Pxenyan vakilining Xitoy poytaxtiga e’lon qilinmagan tashrif bilan kelishi mumkimligi haqidagi axborotlar fonida ijtimoiy tarmoqlar va internetning Xitoy segmentidagi KXDR va Kim Chen In haqidagi barcha eslatmalarni nazorat ostiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Oxirgi hodisalar fonida KXDR haqidagi xabarlarga kuchaytirilgan e’tibor qaratilmoqda, ular alohida nazorat ostida. KXDR haqidagi xabarlar ma’qullanmayapti deyish mumkin. Alohida farmoyishga qadar shunday bo‘lishi kutilmoqda”, — deydi yirik OAVdan birining xodimi.
Xitoyning ommabop qidiruv tizimi Baidu orqali “Kim Chen In” iborasi qidirilganda, unda uchta maqola berilib, ularda KXDR yetakchisi faqat AQSh va Janubiy Koreya bilan ehtimoliy muzokalar bo‘yicha yodga olinadi.
Dastlab Pxenyandan Pekinga delegatsiya tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar bergan Xitoyning ba’zi OAVlari 26-mart kechquruniga kelib materiallarni o‘z saytidan o‘chirib tashlagan.
26-mart, dushanba kuni Yaponiya OAVlari KXDRning nomi oshkor etilmagan vakili Xitoy poytaxtiga tashrif buyurganligini ma’lum qilgan edi. Shu kunning o‘zida Bloomberg agentligining xabar berishicha, bu safar Xitoyga aynan KXDR yetakchisi Kim Chen In tashrif buyurgan.
Izoh (0)