Qozog‘iston Musulmonlar diniy boshqarmasi raisi Serikbay xoji Oraz O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki mamlakat diniy bayramlari yuzasidan umumiy fatvo chiqarish haqidagi hujjatni imzoladi, deb yozadi “Kazinform”.
Rasmiy tashrif davomida Oliy muftiy Serikbay xoji Satibaldiuli va O‘zbekiston Musulmonlar diniy idorasi raisi Usmonxon xoji Alimovning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda diniy bayramlarni bir xil sanada nishonlash masalasi muhokama qilindi.
Ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha memorandum imzolandi.
“Tomonlar diniy bayramlarni Hijra, ya’ni musulmon oy taqvimi bo‘yicha nishonlash, shuningdek, zamonaviy aktual diniy masalalar bo‘yicha umumiy qaror, fatvolar chiqarishi shart”, — deyiladi memorandum matnida.
Izoh (0)