Qatar tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya mavzusi bo‘yicha o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Uning so‘zlarini O‘zA keltirmoqda.
Afg‘onistondagi siyosiy baqarorlik uchun tomonlar o‘rtasida hech bir shartlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz bu masalada “Tolibon” tomonidan ham ijobiy javoblar bo‘lishiga umid qilib qolamiz. Mening fikrimcha, “Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan murosa bo‘yicha muzokaralarni yo‘lga qo‘yishi kerak. Qatar tomoni shu maqsad yo‘lida harakat qiladi.Afg‘onistonda tinchlik uchun kimdir jonini tikmoqda, boshqalar iqtisodiy resurslarini. Shunday ekan, Afg‘oniston masalasida nizolarga borish kerak emas, yagona maqsad sari harakat qilishni taklif qilaman.
Mutlaq bin Majid al-Qahtoniy, Qatar tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili
Izoh (0)