Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada Kemerovodagi yong‘in munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirdi va bir daqiqalik sukut e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Kemerovodagi fojia munosabati bilan shu yerda hozir bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga hamdardlik bildirish va bir daqiqalik sukut e’lon qilishni istardim”, — dedi Ashraf G‘ani.
Eslatib o‘tamiz, 25-mart kuni “Zimnyaya vishnya” savdo-ko‘ngilochar markazining to‘rtinchi qavatida yong‘in yuz berdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 64 kishi qurbon bo‘lgan, 60 dan ortiq jabrlanuvchi tibbiy muassasalarga yordam uchun murojaat qilgan.
Izoh (0)