Rossiyaning AQShdagi elchixonasi razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha ish fonida Rossiya—Amerika munosabatlarining yomonlashuvi oldini olishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rossiya—Amerika munosabatlarida qolgan o‘sha kichikroq pozitiv uchun yolg‘on hikoyaning salbiy oqibatlari oldini olishga Oq uyning hali vaqti bor”, — deyiladi dipmissiyaning Facebook’dagi bayonotida.
Unda, shuningdek, butun dunyodagi barqarorlik Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.
Avvalroq, OAVlari AQSh prezidenti Donald Tramp Skripal ishi tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)