Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Anvar Muhammad Gargash “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shuningdek, Qatar Tashqi ishlar vazirligining nizolarni hal qilishda terrorizm va vositachilikka qarshi maxsus vakili Mutlaka bin Majid al-Qahtoniy ham tadbirda qatnashish uchun Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida har ikki yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Izoh (0)