Amerikalik jurnalist Natali Richards “AirlineRatings.com” sayti uchun tayyorlagan maqolasida Avstraliyadan Buyuk Britaniyaga 17 soatlik uzluksiz parvoz bilan yetib kelgan ilk yo‘lovchilarning taassurotlarini keltirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Maqolada aytilishicha, bunday reys birinchi marta amalga oshirildi. Samolyotda yuksak darajada xizmat ko‘rsatilgan.
Yo‘lovchilarning ta’kidlashicha, ular parvoz muddatining qisqarganidan mamnun bo‘lgan. Oldingi reyslarga nisbatan uzluksiz reys uch soatga kamroq parvoz qilishni nazarda tutadi.
Pert – London yo‘nalishi bo‘yicha ilk uzluksiz parvozni Boeing 787 Dreamliner samolyoti 24-mart kuni amalga oshirdi. Yo‘nalish uzunligi — 14 498 kilometr, uchish vaqti — 17 soatni tashkil etdi.
Izoh (0)