Venesuela prezidenti milliy valyuta — bolivarning denominatsiyasi haqida e’lon qildi. Bu haqda matbuot anjumanida respublika yetakchisi ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“4-iyun, dushanbadan Venesuela iqtisodiyoti uchun zarur valyuta denominatsiyasini imzolash, e’lon qilish va ishga tushirish haqidagi qarorni qabul qildim. Hozirgi pullardan uchta nolni olib tashlash, aylanishdagi kupyuralarni almashtirish va yangilarini muomalaga kiritishga qaror qildim. Bu venesuelaliklarning tijorat va iqtisodiy faoliyatini kafolatlash maqsadida amalga oshiriladi”, — dedi Maduro.
Mamlakatning milliy qahramoni Fransisko de Miranda surati tushirilgan 200 bolivar va general Simon Bolivar surati bo‘lgan 500 bolivarlik yangi kupyuralar muomalada paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, uzoq tanaffusdan so‘ng tangalar Venesuelaga qaytadi.
Izoh (0)