Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning “Milan” jamoasi yangi rahbar qo‘liga o‘tishi mumkin, deb yozadi Libero nashriga tayanib “Sports.ru”.

Alisher Usmonov. Foto: omoskva.ru

Alisher Usmonov. Foto: omoskva.ru

Xabarda qayd etilishicha, yangi xo‘jayin “Arsenal” klubining aksiyadorlaridan biri bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bo‘lishi mumkin.

“Rossonerilar”ning amaldagi xo‘jayini Yonhong Li jamoa rivoji uchun “Elliott Menejment” (Infestitsiya fondi) fondidan kredit olgan. Xitoylik biznesmen ularga ma’lum muddatda 303 million yevro to‘lab berishi shart.

Usmonov fond rahbari Pol Singer bilan aloqalari juda yaxshi bo‘lib, u “Arsenal”ning ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi. Agar Yonhong Li qarzlarini belgilangan muddatda (2018-yil oktabrgacha) to‘lay olmasa, “Milan” “Elliott Menejment” hisobiga o‘tishi ketishi mumkin. Shunday holatda Alisher Usmonov “Milanni sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Boshqa bir manbaning qayd etishicha, Alisher Usmonov futbolga katta investitsiya kiritish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Milliarder, shuningdek, Andalusiyaning “Sevilya” klubini sotib olishga zaxira varianti sifatida qaramoqda ekan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)