Sergey va Yuliya Skripallar zaharlangandan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati tomonidan qaytarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar mamlakatni tark etdi, deb yozadi Meduza.
Londondagi Rossiya elchixonasining 23 nafar xodimi va ularning oilalari Buyuk Britaniyadan jo‘nab ketdi.
Diplomatlar Moskvaga Il-96 samolyotida yo‘l olishdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Rossiya Sergey va Yuliya Skripal zaharlanganligi yuzasidan London savollariga javob berishdan bosh tortgandan so‘ng, 23 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishi haqida ma’lum qilgan edi. Mey Britaniya hukumati Rossiya razvedkasi uchun ishlovchi diplomatlarni chiqarayotganligini bildirdi.
Izoh (0)