AQShning Merilend shtatidagi Greyt Mills maktabida ro‘y bergan otishmada uch kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq NBC Washington kanali ko‘plab odamlar yaralanganini xabar qilgan edi.
Hujum uyushtirgan shaxs politsiya tomonidan yaralanib, olingan jarohatlar tufayli vafot etdi.
Hujum uyushtirgan shaxs maktab o‘quvchilaridan biri ekanligi ma’lum. U maktab koridorida o‘t ochgani aytilmoqda.
Voqeaning tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)