19-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Mustaqillik” shohko‘chasidagi xususiy tadbirkorlarga tegishli savdo rastalarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Natijada 220 kvadrat maydon yong‘indan zarar ko‘rgan.
Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, yong‘in haqida berilgan xabardan so‘ng, Qashqadaryo viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan yong‘in to‘liq qurshab olinib, jalb qilingan yettita asosiy yong‘in o‘chirish va bitta yordamchi avtomobillari yordamida bartaraf etildi.
Sodir bo‘lgan yong‘inda hech kim tan jarohati olmadi va halok bo‘lmadi.
Yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘in o‘chirish bo‘linmalari sa’y-harakati bilan yigirmadan ortiq savdo do‘koni yong‘indan asrab qolindi.
Izoh (0)