NASA hamda AQSh yadroviy idoralari mutaxassislari sakkiz tonnali HAMMER kosmik kemasi loyihasi ustida ishlamoqda. Uning asosiy vazifasi xavfli asteroidlarni gipertovushli yoki yadroviy zaryadlar bilan yo‘q qilish bo‘ladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bugun Yerga asteroid qulashi imkoniyati juda kam bo‘lishiga qaramay, uning oqibatlari fojiali bo‘lishi mumkin. Kosmik tahdidlarga reaksiya muddatini qanday qisqartirishimiz mumkinligini o‘ylab ko‘rdik. Asosiy vazifamiz — Yerdagi hayotni yo‘q bo‘lishdan himoyalash”, — deb g‘oyani tushuntirdi Livermordagi Lourens nomli milliy laboratoriya loyiha rahbari Kirsten Xouli.
Oxirgi yillarda olimlar asteroidlarni kuzatib, ularni tizimga solishga, qay birlari tiriklik uchun xavfli ekanligini aniqlashga urinmoqda. Shu ishlar negizida o‘ziga xos “kosmik patrul”ning yaratilishi har qanday tahdidning oldini olish imkonini beradi.
Izoh (0)