Turkiya, Eron va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Ostonada Suriya bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li terrorchilar tomonidan Suriyada tinch fuqarolarning qirg‘in qilinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Tegishli bayonotlarni Eron va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Muhammad Javod Zarif va Sergey Lavrovlar ham berdi.
Guruhning Suriya bo‘yicha navbatdagi uchrashuvi 4-aprel kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)