Ispaniyalik prokurorlar hukumat va Interpoldan Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonni Shveysariyaga tashrifi davomida hibsga olish va topshirish imkoniyatini baholashni so‘radi. Bu haqda Associated Press xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ispaniya davlat prokurori Oliy suddan Puchdemonning pasportini bekor qilishni ham so‘raganligini ma’lum qildi.
Shveysariya TIV 18-mart, yakshanba kuni Puchdemon Jenevaga tashrif buyurishi, u mamlakatga Xalqaro kinofestival va Inson huquqlari bo‘yicha forumga taklif etilganligini ma’lum qildi.
Shveysariya Kataloniya Ispaniyaning ichki ishi ekanligi va Puchdemon mamlakatga erkin sayohat qilishi mumkinligini bildirdi.
Izoh (0)