Rossiya prezidenti Vladimir Putin Andrey Kondrashovning hujjatli filmi ikkinchi qismida 1990-yillarda Sankt-Peterburgda ishlagan vaqtlarda qurol bilan uxlashga majbur bo‘lgani haqida hikoya qildi. Film 15-mart, payshanba kuni “VKontakte”ga joylashtirilgan.
Davlat rahbari hayotining bu epizodiga uning do‘sti, musiqachi Sergey Roldugin ovoz bergan. Putin mazkur ma’lumotga izoh berar ekan, “banditlar Peterburgi” haqida ko‘p narsa o‘ylab chiqilgani, biroq umuman olganda vaziyat jangovar bo‘lganini ta’kidladi.
“Dala hovlimda qurol bilan uxlar edim, bu to‘g‘ri. Zamon shunaqa edi. O‘zini asraganni Xudo ham asraydi”, — dedi u.
Izoh (0)