AQSh senatining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, demokrat Robert Menendes Rossiyaga qarshi kimyoviy qurollar bo‘yicha sanksiyalar joriy etish, shuningdek, razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanganligi tufayli uni terrorizmga homiy davlat deb e’lon qilish zarurligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Tramp ma’muriyati Kim Chen Inning qarindoshi Tailandda zaharlangandan so‘ng Shimoliy Koreyani terrorizmga homiy davlat deb e’lon qildi. Ma’muriyat Rossiyaga nisbatan ham shunday bayonot qilish kerak yoki kerak emasligini ko‘rib chiqishi lozim”, — dedi Menendes.
Siyosatchi Qo‘shma Shtatlar 1991-yilda kimyoviy va biologik qurollarni yo‘q qilishni nazorat qilish bo‘yicha qonun qabul qilganligiga urg‘u berdi. Unga ko‘ra, bu kabi qurollarni qo‘llovchi davlatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llash zarur.
Izoh (0)