Yevropa ittifoqi spinnerlarni xavfli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Aytilishicha, spinnerlar bolalar uchun jiddiy tahdid uyg‘otadi. Jumladan, yonib turuvchi spinner batareyasini yutib yuborgan bolada oshqozon-ichak bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi.

Shuningdek, o‘yinchoqning osonlikcha ajratiladigan mayda qismlari xavf tug‘diradi.