O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nepal poytaxti Katmandu shahrida Bangladesh aviakompaniyasi samolyotining halokatga uchragani munosabati bilan Nepal Prezidenti Bidxya Devi Bxandariga chuqur ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Katmandu xalqaro aeroportida US-Bangla aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokatga uchrashi oqibatida 50 kishi qurbon bo‘ldi.