Toshkentning Sergeli tumanida ko‘chaga tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi. Chaqaloqning topib olingan suratlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Sergeli tumani” guruhiga joylashtirildi.
Bu Sergeli tumanida 2018-yilning boshidan buyon sodir bo‘layotgan uchinchi hodisadir. Yanvar oyida yangi tug‘ilgan chaqaloq sport sumkasiga solingan holda tashlab ketilgan bo‘lsa, mart oyining boshlarida xonadonlardan birining eshigi oldidan sog‘lom qiz chaqaloq topilgandi.