Parijning eng mashhur osori atiqasi — Eyfel minorasi boshqa rangga bo‘yalishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Aytilishicha, minora rangi asl holatiga qaytariladi. Minora tarixda 19 marta turli ranglarga bo‘yalgan, lekin uning birinchi rangi qizil bo‘lgan. Hozirda amaldorlar Eyfelga qizil rangni qaytarish haqida o‘ylamoqda.

“Biz eski ranglarni qaytarib, unga yana eski qiyofasini bag‘ishlaymiz”, — deb yangilikka izoh berdi Fransiya madaniyat vazirligi xodimi.

Shu bilan birga, yakuniy qaror haligacha qabul qilinmagani aytilmoqda.