Milliy xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi Yaqin Sharqda olti yil terrorchilar safida bo‘lib, Turkiya orqali O‘zbekistonga kirib kelish rejasini tuzgan va Rossiyada teraktlar tayyorlagan marg‘ilonlik shaxsni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston 24”.

Skrinshot: YouTube

Ahmadjonov Abdulbosid Kamoliddin o‘g‘li 1996-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 16 yoshida pul ishlab topish uchun otasi bilan birga Turkiyaga ketgan, u yerda esa yoshlarni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanadigan shaxs bilan tanishgan. Ahmadjonov keyinroq Suriyada faoliyat yurituvchi “Tavhid va jihod” terrorchilik guruhi a’zosiga aylangan. 2016-yilda esa Suriya hududiga o‘tib ketgan.