O‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol” klubi Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.
Umid oxirigacha qoladi: “Zob Ohan”ning Amirliklarda mag‘lub bo‘lishi Toshkentning “Lokomotiv”i uchun imkoniyat yaratdi
Kecha — 12-mart kuni “Ozodi” stadionida Amirliklarning “Al-Ayn” klubini qabul qilgan tehronliklar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Tomonlarning birinchi uchrashuvida ham durang qayd etilgandi — 2:2. Birinchi o‘yinda to‘liq o‘ynagan Server Jeparov, kecha o‘z o‘rnini 79-daqiqada boshqa futbolchiga bo‘shatib berdi.O‘sha birinchi uchrashuvdan keyin tehronliklar OFKga hakam ustidan shikoyat xati yozdi. Chunki “Al-Ayn” maydonidagi o‘yinda “Istiqlol” darvozasiga 2 ta penalti tayin qilingan bo‘lib, forslar fikriga ko‘ra, bu qarorlar noto‘g‘ri edi. “Al-Ayn” esa penaltilardan birini golga aylantirib, mag‘lubiyatdan qutilib qolgandi. OFK shikoyatga javob qaytardimi yoki yo‘q — aniq emas. Fakt shuki, “Istiqlol”ning takroriy o‘yinida aynan forslar foydasiga penalti belgilangan.
Guruhdagi vaziyat ancha chigal. Undagi 4 ta jamoada ham pley-offga yo‘llanma olish imkoniyati bor. Ayni vaqtda “Istiqlol” guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.
Chempionlar Ligasi “D” guruhi. 4-tur 12-mart, dushanba
Izoh (0)