14-martdan butun O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati keskin pasayib ketadi. Ba’zi joylarda havo 7 darajagacha sovib ketadi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Foto: UzNews

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 13-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14—16-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-martda kechasi 3—8o iliq, kunduzi 10—15o iliq, 15—16 martda kechasi 1—3o sovuq, kunduzi 7—12o iliq bo‘ladi.

Qoraqalpogiston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, 13-mart kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 14—16-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 13-martda ba’zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-martda kechasi 0—5o sovuq, kunduzi 0—5o iliq, 14—16-martda kechasi 2—7o sovuq, kunduzi 2—7o iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 13-mart kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 14—16-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlik-da esadi, 13-martda ba’zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-martda 3—8o iliq, 14—16-martda 0—5o iliq, kunduzi 10-15o iliq; Navoiy viloyatining shimolida 13-martda kechasi 0—5o sovuq, kunduzi 0—5o iliq, 14—16-martda kechasi 2—7o sovuq, kunduzi 2—7o iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 13-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 14—16-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, 13-martda ba’zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-martda 7—12o iliq bo‘ladi, 14—16-martda 0—5o iliqgacha pasayadi, 15—16-martda 1—3o sovuq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Fargona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 13—14-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15—16-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13—14-martda kechasi 4—9o iliq, kunduzi 10—15o iliq, 15—16-martda kechasi 0—5o iliq, kunduzi 5—15o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 13—14-martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 15—16-martda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17—22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-mart kuni kechasi 2o sovuq—3o iliq, 14—16-mart kunlari kechasi 1—6o sovuq, kunduzi 2o sovuq—3o iliq bo‘ladi.