O‘zbekiston va Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi doiraviy bitim imzoladi. Hujjatni imzolash tadbiri O‘zbekistonning Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi UzDaily.
Kelishuv doirasida Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi O‘zbekiston kompaniyalariga eksportoldi moliyalashtirish, asosiy xom ashyo tovarlari va boshqa istalgan tovarlar importini moliyalashtirish va eksport bo‘yicha boshqa operatsiyalarga ikki yil davomida 100 million dollar (yiliga 50 million dollar) summasidagi qisqa muddatli kreditlar taqdim etadi.
Xalqaro savdo-moliya islom korporatsiyasi Islom taraqqiyoti banki guruhi avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. U butun islom dunyosida iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun savdo-sotiqni ilgari surish maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)