O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
- nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishga doir hokimlarning qarorlari bajarilmaganligi yuzasidan solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik hayriyalari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg‘arma mablag‘lari:
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun sarflanadi.
Izoh (0)