O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi fuqarolardan mamlakatda innovatsiyalarni joriy etish yo‘l xaritasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kutmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Barcha istaganlar maxsus onlayn shaklni to‘ldirib, jarayondan ishtirok etishi mumkin. Ulardan muammoni ko‘rsatish hamda uni hal etish bo‘yicha taklif kiritish talab etiladi.
Vazirlik o‘tgan yilning 29-noyabrida Prezident farmoni bilan tashkil etilgan edi.
Izoh (0)