SpaceX kompaniyasining asoschisi Ilon Mask Marsga parvoz qilishga mo‘ljallangan kemasi 2019-yilning birinchi yarmida ilk bor havoga ko‘tarilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Ostindagi (Texas shtati) texnologiya va madaniyat festivalida xabar berdi, deb yozadi CNBC News.
“Biz sayyoralararo kemani barpo etmoqdamiz, u kelgusi yilning birinchi yarmidan qisqa parvozlarni amalga oshirishi mumkin”, — dedi u.
SpaceX BFR (Big Falcon Rocket) raketa tizimi to‘liq ko‘p martalik bo‘lishi kutilmoqda. Parvoz Falcon 1 ning birinchi parvozlaridan arzonroq bo‘ladi. BFR ko‘p martalik o‘ta og‘ir raketa va yuzga yaqin kishini sig‘dira oluvchi boshqariluvchi kemani o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)