Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan masjid oldida ro‘y bergan o‘g‘rilik fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.
8-mart kuni soat 13:05 da Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan D.Q. va Zangiota tumanida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan J.J.lar Zangiota tumani Erkin qo‘rg‘onida joylashgan “Mir Abdullo eshon” jome masjidi yaqinida avtomashinaning orqa oynasini sindirib, 6 million 904 ming so‘m o‘g‘irlagan. Mashina Zangiota tumanida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan M.Q.ga tegishli edi.
Jinoyatchilar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)