Qozog‘iston parlamentining Majilisi (quyi palatasi) yalpi majlisida mamlakat hududlaridan Afg‘onistonga maxsus yuklarni olib o‘tish masalasida Qo‘shma Shtatlar bilan imzolangan shartnomaga tuzatish kiritishni ratifikatsiya qilininishini ma’qulladi. Bu haqda “Daryo”ning o‘z manbalaridan ma’lum bo‘ldi.
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanovning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistonga maxsus yuklarni olib o‘tish masalasidagi amaldagi marshrutga kiritilgan o‘zgartish maxsus yuklarni Ozarbayjon hududlaridan Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonga va undan keyin temir yo‘lda O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga yetkazib berilishiga imkon yaratadi.
“Imzolangan protokol Oqtov va Kurik portlaridagi o‘tish punktlari qamrovini to‘ldiradi”, — dedi vazir.
Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yildan beri 13 ming tonna shu kabi yuklar olib o‘tilgan. Qozog‘iston yuk tashuvchilari shu davr mobaynida 200 million tenge (620 ming dollardan ko‘p) daromad ko‘rgan.
Izoh (0)