Huawei kompaniyasi 27-mart kuni bir yo‘la uchta smartfon — P20, P20 Lite va P20 Pro taqdimotini o‘tkazadi. Ular bir-biriga juda o‘xshaydi, biroq xarakteristikasida farqlanadi. Insayder Evan Blass butun lineyka suratlarini taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Huawei iPhone X dizaynidan ilhomlanganligini payqash mumkin. Buni kamera moduli vertikal joylashuvidan ham ko‘rish mumkin. Biroq Huawei P20 Pro flagmanining o‘ziga xos jihati — orqasida uchta kamerasi bor.
Yana Huawei P20 Pro’da noodatiy o‘zgarib boruvchi rangli versiyasi ham bo‘ladi.
Izoh (0)